Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Referendumda aholi faol ishtirok etmoqda
16:01 / 2023-04-30

Referendumda keksayu yosh – barcha faol ishtirok etib, o‘z xohish-irodasini ifoda etmoqda. O‘zbekiston Qahramoni Muhabbat Sharopova ham shu maqsadda Qarshi shahridagi 39-referendum uchastkasida bo‘ldi va bundan xursandligini yashirmadi:

– Bilasizmi, bugun meni nima quvontirdi? Odamlarimizdagi daxldorlik hissi. Ularning Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish uchun takliflar berish jarayonidagi, referendum oldidan o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlaridagi va bugungi faolligini ko‘rib, sevinchim ichimga sig‘may ketyapti. Demak, ertamiz bugunimizdan ham chiroyli bo‘ladi. Farzandlarim, shogirdlarim uchun yanada keng imkoniyatlar ochiladi. Demakki, mening ovozim ertangi kun uchun muhim ahamiyat kasb etadi.  

[gallery-11662]

Ma’lumot uchun, mazkur saylov uchastkasida Qarshi shahrining Otchopar va Alisher Navoiy mahallalarida istiqomat qiluvchi 2874 nafar fuqaro ovoz berishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra ularning 60 foizdan ortig‘i ovoz berib bo‘ldi.  

O‘lmas Barotov, 

Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA.