Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Referendumda 16 millionga yaqin fuqaro o‘z huquqlaridan foydalandi
21:22 / 2023-04-30

Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov ishtirokida navbatdagi brifing bo‘lib o‘tdi. Unda referendumda ovoz berish jarayonlarining borishi xususida navbatdagi ma’lumotlar taqdim etildi.

Qayd etilganidek, soat 17:00 holatiga ovoz berganlar soni 15 million 802 ming 95 nafar yoxud ovoz beruvchilarning 81,39 foizini tashkil etdi. Xorijiy mamlakatlardagi ayrim referendum uchastkalarida ovoz berish yakuniga yetkazilgani, ayrimlarida esa endi ovoz berish boshlanishi ma’lum qilindi.    

 Shuningdek, brifingda ayrim uchastkalarda ba’zi kamchiliklar aniqlangani qayd etildi. Jumladan, ovoz beruvchilar ro‘yxati ilib qo‘yilmagani, ayrim uchastkalar ko‘zi ojiz ovoz beruvchilar uchun Brayl alifbosidagi trafaret bilan ta’minlanmagani kabi kamchiliklar aniqlangan. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda ovoz berish jarayonlari bilan bog‘liq ayrim noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatilgan holatlar ham mavjudligi, bu bo‘yicha o‘rganishlar olib borilayotgani ma’lum qilindi.  

Muhtarama KOMILOVA,  

Nosirjon HAYDAROV (surat), O‘zA