Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Referendum yakuni bo‘yicha matbuot anjumanlari o‘tkazildi
15:03 / 2023-05-01

Bugun Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazida Xalqaro tashkilotlar missiyalari vakillari hamda siyosiy partiyalar vakillari ishtirokida matbuot anjumanlari bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator xalqaro kuzatuvchilar missiyalari mamlakatimizda o‘tkazilgan referendum jarayoni yuzasidan o‘z xulosalarini bayon qildi.

Shuningdek, siyosiy partiyalar rahbarlari ishtirokidagi matbuot anjumanida 5 ta siyosiy partiya yetakchilari Konstitutsiyaviy qonun loyihasini takomillashtirish, umumxalq muhokamasi davomidagi sa’y-harakatlar, bu jarayonda partiya tashkilotlari va faollarining ishtiroki borasida ma’lumot berdi. Konstitutsiyaviy qonun loyihasida har bir partiyaning dasturiy maqsad-vazifalari, elektorati manfaatlari o‘z aksini topgani, shuningdek, partiyalar tomonidan taqdim etilgan takliflarning aksariyati Konstitutsiya matnida o‘z ifodasini topgani alohida ta’kidlandi.  

Partiya rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlarida partiya tashkilotlari va deputatlik guruhlarining ishtiroki xususida ham to‘xtalib o‘tdi.  

 

Muhtarama Komilova,

Nosirjon Haydarov (surat), O‘zA