Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Referendum va yoshlar
09:17 / 2023-03-30

Mamlakatimiz Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarni yoshlarga yetkazish maqsadida Guliston davlat universitetida “Referendum – 2023. Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida “Referendum va yoshlar” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

OzLiDeP Sirdaryo viloyati va Guliston shahar Kengashi, viloyat adliya boshqarmasi, viloyat Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsmani hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari, universitet professor o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi.

Uchrashuvda OzLiDeP Sirdaryo viloyati Kengashi apparat rahbari Sh.Bozorboyeva, Sirdaryo viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Tog‘ayev va viloyat Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman Sh.Alimovlar kun tartibidagi dolzarb masala yuzasidan ma’ruza qildi.  

– “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining 51-moddasiga atroflicha to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, “Fuqarolar davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma’lumot olishga haqli” deya kiritilishi ham Yangi O‘zbekistonning gullab yashnashiga munosib hissa qo‘sha oladigan yetuk, o‘z sohasining bilimdoni bo‘lgan mutaxassislarni kamol toptirishga xizmat qiladi” – deydi O`zLiDeP faoli, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Guliston davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchisi Faxriddin Zikriyayev. – Ochiq muloqot davomida yaqqol ko‘zga tashlangan holat shu bo‘ldiki, talaba yoshlar nafaqat o‘zlari Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatini jiddiy o‘rganmoqda, balki o‘z tengdoshlarini ham 30 aprel kuni bo‘ladigan referendumga faol ishtirok etishga chorlamoqda. 

Tadbir yakunida talaba o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga soha mutaxassislaridan batafsil javob oldi.

Sh.Suyarov,

O‘zA