Referendum uchastkalarida barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilgan
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Sharipov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha umumxalq referendumida ishtirok etib, ovoz berdi.
– Mazkur islohotlar nafaqat barcha qishloq xo‘jaligi sohasi vakillarini, butun xalqimiz manfaatlarini o‘ylagan holda amalga oshirilmoqda, – dedi B.Sharipov. – Referendum uchastkalarida fuqarolarning ovoz berishda ishtirok etishlari uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Ovoz berish jarayonlarini Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan va akkreditatsiyadan o‘tkazilgan xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari, chet ellik va mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari bevosita kuzatib bormoqda.
Uchastkaga kela olmaydigan fuqarolar uchun ovoz berish ularning istagiga ko‘ra, yashab turgan joyida tashkil etilmoqda.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA