Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Referendum – demokratik islohotlarni tizimli shakllantirishga xizmat qiladigan jarayon
12:59 / 2023-04-30

Bugun mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – umumxalq referendumi o‘tkazilmoqda. Andijon viloyatidagi 928 ta referendum uchastkalarida ham ovoz berish jarayonlari qizg‘in davom etmoqda.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Botir Zokirov Andijon shahridagi 18-son umumta’lim maktabida joylashgan 127-referendum uchastkasiga borib, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz uchun ovoz berdi.  

 – Referendumga ishtirok etib, o‘z fuqarolik burchimni ado etdim, – deydi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Botir Zokirov. – Chunki, saylovlar, referendumlar har qanday jamiyatda demokratik islohotlarni tizimli shakllantirishga hissa qo‘shadigan jarayondir. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya inson huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda mamlakatimizni demokratik rivojlantirish yo‘lida eng muhim huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Asosiy qonun matnida inson huquq va erkinliklari kafolatlari bir qator ilg‘or normalar bilan kuchaytirilgan.    

Sh.Mamaturopova, O‘zA