"Rebuild Karabakh-2024" xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston elektrotexnika sanoati korxonalari 5 million dollarlik kelishuvlarga erishdi
Shu kunlarda Ozarbayjonning Baku shahrida Qorabog‘ mintaqasini qayta tiklashga bag‘ishlangan "Rebuild Karabakh-2024" xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda ilk marotaba “Made in Uzbekistan” brendi ostida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi korxonalari markazlashgan holda ishtirok etyapti. Jumladan, 15 dan ortiq korxona o‘zining 200 ga yaqin milliy mahsulotlari bilan qatnashib, qator hamkorlik kelishuvlariga erishmoqda. Bu, o‘z navbatida, milliy brendlarimizni xalqaro bozorlarga tanitish, eksport geografiyasini kengaytirishga xizmat qiladi.

Negaki, uyushmaga a’zo korxonalar joriy yil yakunigacha Ozarbayjonga eksport ko‘rsatkichini 40 million dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda.
Uyushma axborot xizmatiga ko‘ra, ko‘rgazmaning dastlabki ikki kunida korxonalar 5 million dollarlik kelishuvlarga erishgan.
Xalqaro ko‘rgazma o‘zi ishini davom ettirmoqda.
N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA