Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“RЕAL” - Yevropa chempionlar ligasi g‘olibi
08:35 / 2018-05-28

26 mayning tungi oqshomini tongga ulaganlar ko‘p bo‘ldi. Bular asosan g‘alabadan mamnun “Real”chilar va mag‘lubiyatni tan olayotgan “Liverpul” ishqibozlaridir. Uchrashuvning shiddati, mazmuni, chiroyi va ahamiyati haqida alohida to‘xtalmaymiz, tomosha qilmagan muxlisning o‘zi qolmadi hisobi.

26 mayning tungi oqshomini tongga ulaganlar ko‘p bo‘ldi. Bular asosan g‘alabadan mamnun “Real”chilar va mag‘lubiyatni tan olayotgan “Liverpul” ishqibozlaridir. Uchrashuvning shiddati, mazmuni, chiroyi va ahamiyati haqida alohida to‘xtalmaymiz, tomosha qilmagan muxlisning o‘zi qolmadi hisobi.

Yevropa Chempionlar ligasi finalida “Real” “Liverpul”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.Bu “Real” klubining Yevrokuboklardagi 307-g‘alabasi edi. Bu bilan “Qirollik klubi” avvalgi rekordchi “Barselona” natijasini bittaga oshirib, mutlaq rekordchiga aylandi.

Madrid_ispaniya_03.jpg

Klubning portugaliyalik legioneri Krishtianu Ronaldu futbolchilik faoliyatida davomida beshinchi bor Chempionlar ligasi finalida g‘olib chiqib, Kubokni besh bor boshi uzra ko‘targan yagona o‘yinchi ekanligini isbotladi. Ronaldu bir bor Angliyaning “Manchester Yunayted” safida va to‘rt bor “Real” safida chempion bo‘ldi.

Shuningdek, portugaliyalik Yevropaning eng kuchli musobaqasida bir mavsumning o‘zida 15ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi . Garchi Ronaldu bu yilning hal qiluvchi finalida gol ura olmagan bo‘lsa-da, YECHLda ketma-ket oltinchi marotaba “Yilning eng yaxshi to‘purari” bo‘lmoqda. Umumiy hisobda ham Ronaldu 7 marta to‘purar sifatida dunyoda yagona futbolchi hisoblanadi.

Mazkur o‘yinni rasman kuzatib borgan UYEFAning texnik kuzatuvchilari final uchrashuvining eng yaxshi futbolchisini aniqlashdi. Bu sovringa o‘yin qahramoni, “Real”ning hujumkor yarim himoyachisi Garet Beyl loyiq topildi. Uelslik futbolchi garchi zaxiradan maydonga tushgan bo‘lsa-da, bir-biridan chiroyli ikkita gol kiritib, jamoasining g‘alabasiga munosib ulush qo‘shdi.

E’tiborlisi, YECHL finalining eng yaxshi futbolchisiga atalgan sovrin ketma-ket uchinchi bor “Real” vakillariga topshirilmoqda. 2016 yilgi finalda himoyachi Serxio Ramos, o‘tgan yili esa hujumchi Krishtianu Ronaldu uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.

Endi Yevropa Superkubogida “Real” hamshahari “Atletiko” klubiga qarshi maydonga tushadi. Xabaringiz bor, bir muncha muddat avval Yevropa Ligasining bosh sovrinini Ispaniyaning yana bir klubi “Atletiko” qo‘lga kiritgan edi. E’tiborlisi, Yevropa Superkubogi tarixida ilk bor bir shaharning ikki klubi bosh sovrin uchun maydonga tushadi. “Atletiko” va “Real” Madrid shahri sharafini himoya qiladi.

“RЕAL MADRID” - “LIVЕRPUL” - 3:1 
26 may. Kiyev. “Olimpiyskiy” stadioni.
Bosh hakam - Milorad Majich (Serbiya).

“Real Madrid”: Navas, Karvaxal (Nacho, 37), Serxio Ramos, Varan, Ronaldu, Kroos, Benzema (Asensio, 88), Modrich, Marselo, Kazemiro, Isko (Beyl, 61).

“Liverpul”: Karius, Aleksandr-Arnold, Lovren, Van Deyk, Robertson, Xenderson, Milner (Jan, 83), Viynaldum, Salah (Lallana, 30), Mane, Firmino.

Gollar: Benzema (51), Beyl (64, 84) - Mane (55). 
Ogohlantirishlar: Mane (83).