Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Real» yana bir tarixiy natija ostonasida
13:41 / 2024-12-29

Futbol bo‘yicha Ispaniyaning La Liga chempionati 1929 yilda tashkil etilgan bo‘lib, unda eng ko‘p sovrin va ochko to‘plagan jamoa Madridning «Real» klubi hisoblanadi.

Asli 1902 yilda tashkil etilgan «Real» jamoasi bugunga qadar La Liga musobaqasida 4 ming 999 ochko jamg‘argan.  

Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, «Qirollik klubi» 2025 yilning 4 yanvar kuni Ispaniya chempionatidagi navbatdagi uchrashuvini «Valensiya»ga qarshi o‘tkazadi. Agarda ushbu o‘yinda «Real» g‘alaba qozonsa, ochkolar soni 5 mingdan o‘tadi va Ispaniya La Liga musobaqasi tarixida ilk 5 ming ochkoni qo‘lga kiritgan yagona jamoaga aylanadi. 

Ma’lumot o‘rnida: La Ligada «Real»dan tashqari «Barselona» (4,887) «Atletiko Madrid» (4,018), «Atletik Bilbao» (3,771), «Valensiya» (3,767) va «Sevilya» (3,265) ochko to‘plagan.   

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA