Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Real Madrid» prezidenti Florentino Peresda koronavirus aniqlandi
17:29 / 2021-02-02

Bugun Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peresning koronavirusga topshirgan testi ijobiy ko‘rsatkichni qayd etgan. Bu haqda jamoa rasmiy sayti ma’lum qildi.

«Real Madrid» klubi prezidenti Florentino Peresning vaqti-vaqti bilan koronavirusga topshiradigan testi bugun ijobiy natijani berdi. Prezident o‘zida COVID-19 ning hech qanday alomatlarini sezmayapti, virus unda simptomlarsiz kechmoqda», – deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, Peres 2009 yildan buyon «qaymoqranglilar» prezidenti sanaladi. Uning rahbarlik davrida «Real Madrid» 3 karra La Liga, to‘rt bor Chempionlar Ligasi, 3 marta UEFA superkubogi hamda 4 karra klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibiga aylandi.

O‘zA