Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Real" hujumchisi Benzema “Oltin to‘p” egasi bo‘ldi
10:40 / 2022-10-18

Madridning "Real" klubi hamda Fransiya terma jamoasining hujumchisi Karim Benzema France Football nashri tomonidan 2021/22 mavsumining eng zo‘r o‘yinchisiga beriladigan "Oltin to‘p” mukofotiga munosib ko‘rildi.

Mukofotni berish uchun uyushtirilgan tantanali marosim dushanba kuni Parijdagi "Shatle" teatrida bo‘lib o‘tdi.  
34 yoshli Benzema ilk bor "Oltin to‘p” sovrindori bo‘ldi. Umuman, “Oltin to‘p”ni eng ko‘p olgan futbolchi Fransiyaning "Pari Sen-Jermen" klubi hamda Argentina hujumchisi Lionel Messi hisoblanadi. U to‘pteparlik faoliyati davomida yetti marta ushbu sovringa munosib ko‘rilgan.    

Karim Benzema o‘tgan mavsumda “Real” uchun 46 ta o‘yin o‘tkazgan, va 44 ta gol kiritgan hamda 15 ta natijali to‘p uzatgan. Madrikliklar bilan birga u Ispaniya chempionligini va Super kubogini qo‘lga kiritdi, shuningdek, Chempionlar ligasi g‘olibi ham bo‘ldi. Uchchala turnirda ham u eng ko‘p to‘p kiritgan o‘yinchi hisoblanadi.   
U 15 ta to‘p kiritib Chempionlar ligasining eng zo‘r to‘purari ham bo‘ldi, avgust oyida esa Benzema Yevropa futbol assotsiatsiyasi ittifoqining  2021/22 mavsumi uchun eng zo‘r o‘yinchisiga beriladigan mukofotini ham oldi.  
Eng zo‘r o‘yinchilar to‘rtligidan senegallik Sadio Mane, belgiyalik Kevin De Bryoyne hamda polshalik Robert Levandovskiylar ham joy olgan.  
Levandovskiy o‘tgan mavsumning eng zo‘r gol uruvchisiga beriladigan Gerd Myuller sovrinini qo‘lga kiritdi. Mavsumning eng yaxshi klubi sifatida Angliyaning "Manchester Siti" klubi tan olindi.  
"Oltin to‘p" 1956 yilda France Football nashri tomonidan ta’sis etilgan bo‘lib, sport jurnalistlari fikri asosida Yevropadagi mavsumning eng zo‘r futbolchisi deb tan olingan o‘yinchiga beriladi.   
2010 yilda FIFA va France Football “Oltin to‘p” va “FIFAning yil o‘yinchisi” sovrinlari birlashtirilgani haqida e’lon qildi (bunda asosan, yaxshi o‘yinchilar milliy terma jamoalarining sardorlari va trenerlarining ovoz berish natijalariga qarab aniqlanardi). 2016 yil sentyabr oyida France Football FIFA bilan hamkorlik qilishni to‘xtatganini ma’lum qildi va yil o‘yinchisini aniqlashning avvalgi tizimiga qaytdi.  

 

S.Rahimov, O‘zA