Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Respublika maxsus komissiyasining xabari
00:27 / 2020-03-31

Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasining xabari “Huquqiy axborot” telegram kanalida eʼlon qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasining xabari “Huquqiy axborot” telegram kanalida eʼlon qilindi.

Maʼlumki, jahon miqyosida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda, shu jumladan insonlarning harakatlanishiga cheklovlar kiritish va korxonalar faoliyatini toʻxtatish orqali misli koʻrilmagan choralar koʻrilmoqda.

Yurtimizda ham koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish, aholi sogʻligʻini saqlash maqsadida qator cheklov choralari joriy etildi.

Xususan, taʼlim muassasalari taʼtilga chiqarildi, oziq-ovqat doʻkonlari va dorixonalardan boshqa savdo obyektlarining faoliyati toʻxtatildi, koʻplab tashkilotlarda xodimlar mehnat taʼtiliga chiqarildi yoki masaofaviy ishlashga oʻtkazildi.

Bundan tashqari, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga koʻra, 2020-yil 30-martdan 20-aprelga qadar viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida avtotransport vositalari Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida harakatlanishi mumkinligi belgilandi.

Shunga koʻra Toshkent shahridagi Davlat xizmatlari markazlari orqali 10000 dan ortiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi Davlat xizmatlari markazlari orqali 6000 dan ortiq murojaatlar qabul qilindi.

Hozirga paytgacha 1 kun ichida tezkor ravishda 5500 ta ruxsatnomalar rasmiylashtirildi.

Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat markazidagi Davlat xizmatlari markazlariga koʻplab fuqarolar tashrifi kuzatildi.

Bu hol karantin talablarining buzilishiga, koʻplab fuqarolarning bir vaqtning oʻzida bir joyda toʻplanishiga sabab boʻldi. Bundan tashqari aynan shu masalada fuqarolar tomonidan koʻplab murojaatlar boʻldi.

Shuning uchun amaldagi tartibni takomillashtirib, respublikada avtotransport harakati bilan bogʻliq kelib tushgan takliflarni eʼtiborga olib, yangi tartib ishlab chiqildi.

Endilikda avtotransport vositalarini boshqarish uchun berilaligan ruxsatnoma (stiker) uchun arizani masofadan turib, yaʼni onlayn tarzda topshirilishi boʻyicha tizim joriy etildi.

Unga koʻra, maxsus ruxsatnomani berish bepul amalga oshiriladi.

Buning uchun onlayn shaklda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida soʻrovnoma toʻldirilishi lozim.

Tartibga koʻra, quyidagi turdagi avtotransport vositalariga maxsus ruxsatnoma beriladi:

-birinchi, oziq-ovqat mahsulotlari (jumladan tamaki va alkogol) va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqaruvchi ishlab chiqaruvchi va realizatsiya qiluvchi tadbirkorlar va u yerda ishlaydigan xodimlarning avtotransport vositalariga. Bunda dorixonalar uchun faqat har bir dorixonaga bir dona avtotransportga ruxsat beriladi;

-ikkinchi, umumiy ovqatlanish korxonalarining yetkazib berish xizmatini (kuryer va “dostavka”) koʻrsatayotgan avtotransport vositalari, shuningdek, mazkur korxonalarda doimiy ishlovchi xodimlarning shaxsiy avtotransportiga;

-uchinchi, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va Zangiota tumanlarida, Toshkent shahrining Olmazor, Chilonzor va Yashnobod tumanlarida barpo etilayotgan shifoxona va xiyobonlar qurilishiga jalb etilgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga tegishli M1 toifadagi avtotransport vositalariga.
Shuningdek, ishlab chiqarish va texnologik jarayoni toʻxtatilishi mumkin boʻlmagan korxonalar, gigiyenik niqob ishlab chiqaruvchi tashkilotlar, dehqon bozorlarining xodimlariga tegishli vazirlik va idoralarning Adliya vazirligiga kiritadigan murojaatiga asosan alohida ruxsatnomalar rasmiylashtirib beriladi.

Bundan tashqari, maxsus ruxsatnomasiz harakatlanish huquqi berilgan avtotransport vositalari roʻyxati ham tasdiqlandi.

Masalan, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar sogʻliqni saqlash tizimidagi tashkilotlarning, tibbiy-sanitariya va epidemiologik xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlarning xizmat mashinalari va xodimlarining shaxsiy avtotransport vositalariga ruxsatnoma talab etilmaydi.

Bunda mazkur tashkilotlarning xodimlari ushbu koʻrsatilgan tashkilotlarda faoliyat yuritayotganligi toʻgʻrisidagi mehnat daftarchasi nusxasi va ish joyidan tasdiqlovchi hujjat asosida harakatlanadi. Ushbu xodimlar faqat ish joyiga yetib borish va uyga kelish maqsadida oʻz avtotransportidan foydalana oladi, yaʼni faqat xizmat yuzasidan harakatlanishiga yoʻl qoʻyiladi.

Xuddi shunday, mavsumiy qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetkazib beruvchi M1 (bir nafar yoʻlovchi bilan) toifadagi jismoniy shaxslarga tegishli shaxsiy avtotransport vositalariga ruxsatnoma talab etilmaydi. Bundan koʻzlangan maqsad, bozorlarga oziq-ovqat masʼhulotlarini erkin kirib kelishini taʼminlash va narxlarning asossiz oshib ketishini oldini olishdir.

Maxsus ruxsatnomani olish tartibi, shuningdek avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar roʻyxati OAV orqali eʼlon qilindi. Ular bilan batafsil tanishib chiqishingiz, unda belgilangan cheklovlarga qatʼiy amal qilishingiz soʻraladi.

Shu bilan birga bugungi kundagi ijtimoiy masofalashuvni saqlash (jamoat joylarida ham 1,5-2 metr masofani saqlash), koʻchalarga muhim zaruriyat boʻlmaganda chiqmaslikka chaqiramiz.

Avtotransportlar harakatining cheklanishi noqulayliklar tugʻdirishi tabiiy, shu bilan birga respublikada koronavirusning keng tarqalib ketishini oldini olishda hozirgi sharoitda bu eng zarur va maqbul yoʻldir.