English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
RBK: Yevroittifoq Rossiyaga qarshi qo‘llanilgan sanksiyalar qiymatini 123 milliard yevroga baholadi
13:03 / 2022-10-11

YeI Rossiyaga qarshi qo‘llayotgan sanksiyalarning sakkizinchi paketi ma’qullanganidan keyin barcha savdo cheklovlari qiymati taxminan 123 milliard yevroni tashkil etmoqda, deb yozmoqda RBK Yevrokomissiyaning ma’lumotlariga tayanib.

Nashrning hisob-kitobicha, ushbu summa o‘tgan yili Moskva bilan Yevroittifoq o‘rtasida amalga oshirilayotgan barcha tovar va xizmatlar aylanmasining 40 foiziga to‘g‘ri keladi.

Yevrokomissiya ma’lumotiga ko‘ra, yangi sanksiya Rossiya mahsulotlarini Yevropa Ittifoqiga eksport qilinishini qisqartiradi. Ushbu cheklov 90 milliard yevroga baholanmoqda.

"YeIning shu paytgacha qo‘llagan sanksiyalari natijasida Rossiyaga 24 milliard yevrolik mahsulotlar va texnologiyalar eksport qilinmagan, endi esa u taxminan 30 milliard yevroga yetdi", – deyiladi hisobotda. 

Shuningdek, Yevrokomissiyaning ta’kidlashicha, YeIning Rossiyaga ko‘rsatilayotgan xizmatlariga qo‘yilgan embargo natijasida Moskva yana uch milliard yevro yo‘qotgan.