Razambek Jamalov Olimpiadada tengsiz!
Fransiyada o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlarida erkin kurash bo‘yicha vazni 74 kilogrammgacha bo‘lgan polvonimiz Razambek Jamalov oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Razambek polvon musobaqaning so‘nggi hal qiluvchi final bahsida yaponiyalik Daiti Takatani bilan raqobatlashdi. Polvonimiz muddatidan oldin zafar quchdi va Olimpiya o‘yinlari g‘olibiga aylandi.

Mazkur natijadan so‘ng medallarimiz 6 ta oltin 1 kumush, 3 ta bronzaga yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA