Raxmonova Kamilla Erkinovnaning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Energetik ichimlik ta’sirida timusning struktur-funksional xususiyatlarini tajribada baxolash” mavzusida
Raxmonova Kamilla Erkinovnaning 14.00.02 – Morfologiya ixtisosligi bo‘yicha “Energetik ichimlik ta’sirida timusning struktur-funksional xususiyatlarini tajribada baxolash” mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 18-dekabr kuni soat 12:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 200118. Buxoro shahar, G‘ijduvon ko‘chasi, 23-uy. Buxoro davlat tibbiyot instituti bosh binosi, 3-qavat, kichik majlislar zalida o‘tkaziladi.
Tel.: (0365) 223-00-50
e-mail: info@buxmi.uz, buxmi@mail.ru