Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Raxmanov G‘aniboy Todjiyevichning fizika-matematika fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) dissertatsiyasi ishi himoyasi to‘g‘risida
13:58 / 2023-05-23

“Atom va ko‘p atomli zarrachalarning volfram va molibden yuzasi bilan o‘zaro ta’sirining kinetik xarakteristikalari” mavzusida

Raxmanov G‘aniboy Todjiyevich “Atom va ko‘p atomli zarrachalarning volfram va molibden yuzasi bilan o‘zaro ta’sirining kinetik xarakteristikalari” mavzusida 01.04.04 – fizik elektronika ixtisosligi bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/30.12.2019.FM.65.01 raqamli ilmiy kengashning 2023-yil 31-may kuni soat 14:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: 100125, Toshkent shahri, Do‘rmon yo‘li ko‘chasi, 33-uy. O‘zR FA Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti. 3-qavat, majlislar zali.

Tel: (+99871) 2623169

www.iplt.uz