French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ravshana Kurkova: "Toshkent kinofestivalining o‘tkazilishi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning milliy kinoga katta e’tibor qaratayotganidan dalolatdir"
11:28 / 2021-10-03

Toshkent xalqaro kinofestivalining to‘rtinchi kunida rossiyalik taniqli aktrisa Ravshana Kurkova bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida  Ravshana Kurkova   festivalning tashkil etilishini yuqori baholab, bunday nufuzli tadbirlar O‘zbekiston hukumati tomonidan qaratilayotgan e’tibor samarasi ekaniga ahamiyat qaratdi.

Toshkentda tug‘ilib, 17 yoshimgacha shu yerda yashagan hamyurtimizga O‘zbekiston  aziz va qadrlidir.

Uning ta’kidlashicha, bolalik va yoshlik yillari O‘zbekistonda o‘tganligi sababli, u mamlakatda bo‘layotgan barcha voqealarni kuzatib boradi.

- Toshkent xalqaro kinofestivalini keng ko‘lamli va yuqori darajadagi tadbir sifatida baholash mumkin. Festival O‘zbekiston uchun juda muhim. U jahon kino madaniyatini bevosita kuzatish imkonini beradi. Festivalning rivojlanib borayotgani O‘zbekiston Prezidentining kinoga katta e’tibor qaratayotganidan dalolatdir. Festival, shuningdek, yoshlar uchun ham ajoyib imkoniyat. Ular ko‘p narsani o‘rganishi, yangi bilimlarga ega bo‘lishi mumein,  - dedi Ravshana Kurkova.

 

 

Nasiba Ziyodullayeva,  O‘zA