Ravshan Ermatov OFK hakamlar qoʻmitasi aʼzoligiga tayinlandi
Oʻtgan haftada Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati Osiyo futbol konfederatsiyasi bosh qarorgohida boʻlib, OFK mutasaddilari bilan uchrashuv oʻtkazdi va oʻzaro aloqalarni yanada mustahkamlash, hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish xususida kelishib olingan edi.

Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan amalga oshiriladigan turli dasturlarda Oʻzbekiston vakillarining ham muntazam ishtirok etib borishi milliy futbolimiz ravnaqiga xizmat qilishini inobatga olib, qitʼa futbol konfederatsiyasi bilan aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan qadamlar tashlanmoqda.
Kuni kecha OFKning doimiy tartibda faoliyat koʻrsatuvchi qoʻmitalariga yangi aʼzolar tayinlandi. Diqqatga sazovor jihati shundaki, qitʼamiz futbol konfederatsiyasining qoʻmitalari aʼzoligiga bir qator oʻzbekistonlik mutaxassislar ham tayinlov olishdi.
Unga koʻra, Ravshan Ermatov OFK hakamlar qoʻmitasiga, Avaz Maksumov OFK futbolni rivojlantirish qoʻmitasiga, Olim Arifov OFK musobaqalar oʻtkazish qoʻmitasiga, Shavkat Imomov OFK texnik qoʻmitasiga aʼzo sifatida tayinlanishdi. Endi hamyurtlarimiz mazkur qoʻmitalarda 2019-2023-yillar mobaynida faoliyat olib borishadi.
Mutaxassislarimiz kelajakda qitʼa futboli rivojiga oʻz hissasini qoʻshish uchun bor bilim va mahoratlarini ishga soladilar.