English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ravon yo‘llar obod manzillardan so‘zlaydi
10:31 / 2025-08-09

FOTOREPORTAJ

Surxondaryo viloyatida Prezidentimiz tashabbusi bilan avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Ayni jarayonda Boysun tumanidagi Darband qishlog‘idan boshlanuvchi “Darband-Denov” yo‘nalishi bo‘yicha 4R105 avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish ishlari jadal tus olgan. Uzunligi 111 kilometr bo‘lgan ushbu yo‘l 2027 yilda foydalanishga topshiriladi. Uning qariyb 108 kilometrini sement-beton qoplama bilan rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Yirik loyihani amalga oshirish chog‘ida 26 ta ko‘prik, 2 ta yo‘l o‘tkazgich, 114 ta suv quvuri, 2 ta avtotransport vositalarining vazn va hajm parametrlarini qayd etuvchi nazorat posti barpo etiladi. 

[gallery-24679]

Uchta lot asosida amalga oshirilayotgan loyihaning qurilish-montaj ishlarini tender savdosi g‘olibi – Ozarbayjonning “Lankaran Yol Tikinti” aksiyadorlik jamiyati bajarmoqda. Bu yerda 147,6 million AQSH dollari qiymatidagi yo‘l qurilishini bajarish uchun shartnoma imzolangan. 

Yirik hajmdagi bu ishlar vohaning transport infratuzilmasini rivojlantirib, yo‘lovchilarga qulay sharoit yaratishi bilan ahamiyatli. 

O‘zA fotomuxbiri

Jonibek QO‘ZIMURODOV olgan suratlar.