Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ravon Diyor”ning xaridorgir  mahsulotlari
11:00 / 2025-11-05

FOTOREPORTAJ

Surxondaryo viloyati Angor tumanida faoliyat yuritayotgan “Ravon Diyor” MCHJ qisqa vaqt ichida mahalliy bozor ehtiyojini qondiruvchi ishlab chiqaruvchilardan biriga aylandi.

Tadbirkor to‘liq o‘z hisobidan 1,6 milliard so‘mga tashkil etgan ushbu loyiha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun plastmassa savatlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxona quvvati yiliga 100 ming dona mahsulot tayyorlash imkonini beradi. Hozirda bu yerda 4 nafar ishchi faoliyat yuritmoqda.

Mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ishlab chiqarilgan savatlar ichki bozorda allaqachon o‘z xaridorini topgan. Kelgusida esa korxona mahsulotlarni xorijiy davlatlarga, jumladan qo‘shni mamlakatlarga eksport qilishni rejalashtirmoqda.   

[gallery-26082]    

Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ana shunday tashabbusi Surxondaryoda sanoatni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va iqtisodiyotning eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli. 

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA