Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rasuli akram mo‘’jizalari: qurg‘oqchilikdan – sersuvlikka, balodan – omonlikka...
18:01 / 2021-01-29

«Sahihul Buxoriy»

(II) 933. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning davrlarida odamlarga qurg‘oqchilik yetdi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam juma kuni xutba qilib turganlarida bir a’robiy: «Ey Allohning Rasuli! Mol-hol halok bo‘ldi, oilalar och qoldi, biz uchun Allohga duo qiling!» dedi. Shunda u zot qo‘llarini ko‘tardilar. Osmonda bir parcha ham bulut ko‘rmayotgan edik. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, qo‘llarini tushirmaslaridanoq tog‘dek bulutlar qo‘zg‘aldi. Keyin u zot minbarlaridan tushmay turib, yomg‘ir soqollaridan tomayotganini ko‘rdim.

O‘sha kuni ham, ertasiga ham, indiniga ham, undan keyingi kuni ham to keyingi jumagacha yomg‘ir yog‘di.

(Bu galgi juma kuni) haligi a’robiy turib: «Ey Allohning Rasuli! Binolar vayron bo‘ldi, mol-hol g‘arq bo‘ldi. Biz uchun Allohga duo qiling!» dedi.  

Shunda u zot qo‘llarini ko‘tardilarda: «Allohim! Atrofimizga, ustimizga emas», dedilar. Bulutlardan qaysi tarafdagisiga qo‘llari bilan ishora qilsalar, tarqalib ketar edi. Madinada yomg‘ir yog‘may qoldi, lekin atrofdagi vodiyda bir oy sel oqdi. Tevarak-atrofdan kelgan kishi borki, jalani gapirar edi».

 

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi