Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rasul KUSHERBAEV: Ekologik muammolarni bartaraf etishda xalq yordami zarur... (+video)
12:56 / 2023-12-26

Ekologik qonunbuzarliklar og‘ir jinoyatlar turkumiga kiritiladigan bo‘ldi

Bugungi global o‘zgarishlar davrida siyosiy, iqtisodiy muammolar qatorida ekologik xavf-xatarlar, jumladan, suv taqchilligi, qurg‘oqchilik va o‘rmonlarning kamayish holatlari jahon hamjamiyatini tashvishga solayotgani rost.

Masalan, yaqinda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida dunyoning 170 dan ziyod mamlakatlari davlat va hukumat rahbarlari, nufuzli xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar rahbarlari ishtirokida BMT Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi (COP28) tashkil etildi.

Afsuski, Markaziy Osiyoda havo haroratining oshishi jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki baravar ko‘p, so‘nggi yillarda favqulodda issiq kunlar soni esa 2 marta ortdi, muzliklar maydonining uchdan bir qismi erib yo‘qoldi.

Sobiq deputat, O‘zbekiston ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev O‘zA muxbiri bilan kechgan suhbatda 2023 yilda amalga oshirilgan texnologik loyihalar, kelgusi yildagi ishlar qatorida sohadagi ko‘plab muammolarga, jumladan, ekologik qonunbuzarliklar, “suv” va “chiqindi” masalalariga alohida to‘xtaldi.

Tuproq yemirilishi, muntazam chang va qum bo‘ronlari, ichimlik suvi taqchilligi, havo iflaslanishi, bioxilma-xillik qisqarishi, hosildorlikning keskin pasayishi va ko‘plab boshqa muammolar mintaqada istiqomat qilayotgan millionlab odamlarning turmushi sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani achinarli holat.

3 millionga yaqin aholi istiqomat qilayotgan Toshkent shahrining havosi buzilishiga sabab bo‘layotgan bir nechta omillarni sanab o‘tarkan, vazir maslahatchisi tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yish uchun ta’sirchan choralarni qo‘llash zarurligini ta’kidladi.

Suhbatda, shuningdek, “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni doirasida amalga oshirilayotgan muhim ishlar xususida ma’lumot berildi.

2025 yilga qadar dunyoda 2 milliard, Markaziy Osiyoda 2,5 million odam suv taqchilligidan aziyat chekadi. R.Kusherbayev O‘rta Osiyoda faktga oid eng katta ekologik xavf-xatarlarni sanab o‘tdi.

Intervyuning to‘liq shaklini O‘zAning “YouTube” tarmog‘ida ko‘rishingiz mumkin.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/8o_-HsYBPuE" title="Rasul KUSHERBAYEV: Ekologik muammolarni bartaraf etishda xalq yordami zarur..." frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Behruz Xudoyberdiyev, Asliddin Alijonov (video), O‘zA