Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
RASUL HAMZATOVning so‘nggi she’ri
19:51 / 2025-09-08

Mashhur avar shoiri Rasul Hamzatov 1923 yil 8 sentyabr kuni tug‘ilgan. Insonni, Vatanni, ona tilni, millatni, qadriyatlarni, ezgulikni vasf etgan asarlari bilan shuhrat qozongan. U 2003 yil 3 noyabrda vafot etgan. Sizning e’tiboringizga uning  vafotidan sal ilgari yozgan she’rini havola etamiz.

Qachondir narigi dunyoga ketsam,

Unda uchrataman ota-onamni.

Ular savol berar o‘tkazmasdan dam:

– Yer tinchmi?

            Men jimman, egib gavdamni.

Haqiqatni qanday aytaman axir,

Koshki, soqov bo‘lib qolsaydim hozir.

 

Qachondir narigi dunyoga ketsam,

Uchrataman ikki shahid akamni.

– Mamlakat, yurt tinchmi? 

                              Uy tinchmi, ukam?

Netay, men bilmasman aldam-qaldamni.

Ular Vatan uchun bo‘lishgan halok,

O‘sha Vatan yo‘q deb aytaman qandoq?!

 

Qachondir narigi dunyoga ketsam,

Uchrataman qardosh, do‘stu o‘rtoqni.

Ular tanir yuzim burib o‘tsam ham,

Har biri ketma-ket boshlar so‘roqni.

– Qaysi yaxshi, Yermi yoki bu dunyo?..

Nima deyman, mendan chiqmaydi sado.

 

Qachondir narigi dunyoga ketsam,

Va to‘g‘ri uchinchi dunyoga o‘tsam.

U yerda sukunat, Olloh va Iso

Menga savol berib qiynamas aslo!

Asror MO‘MIN tarjimasi.