Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rastalarda go‘shtlar arzon sotilyapti – "Qo‘yliq" dehqon bozoridan reportaj (+video)
16:31 / 2025-08-09

Ayni paytda yurtimiz bozorlarining arzonlashtirilgan rastalarida 1 kilogramm mol va qo‘y go‘shti o‘rtacha 65-75 ming, tadbirkorlar rastasida 95-100 ming, savdo markazlarida 95-100 ming so‘m, lahm go‘sht 140 ming so‘mdan sotilmoqda.

Arzonlashtirilgan rastalardagi 65-75 ming so‘mlik go‘shtning bir kundagi sotilishi jami xaridorlarning 15-18 foizini, tadbirkorlar rastasidagi 90-95 ming so‘mlik ro‘zg‘orbop go‘sht sotilishi xarid qiluvchilarning 82-85 foizini, 110-130 ming so‘mlik suyaksiz (lahm) go‘sht sotilishi 1-2 foizni tashkil etadi.  

Shuningdek, poytaxt bozorlarida go‘shtni aholining xarid qobiliyatiga mos ravishda qismlarga bo‘lib sotish ham yo‘lga qo‘yilgan.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining tahlillariga ko‘ra, Rossiyada 1 kg mol go‘shti 10-12 dollar, Belarusda 6-8 dollar, Qozog‘istonda 7-11 dollar, Tojikistonda 8-10 dollar, Gruziyada 9,5-12 dollar, Ozarbayjonda 9,5-12,5 dollar, Turkiyada 12-14 dollar, shuningdek iqtisodiyoti rivojlangan Shvetsiyada 46,2 dollar, Islandiyada 38,86 dollar, Janubiy Koreyada 28 dollar atrofida sotilmoqda.

Ta’kidlash kerak, O‘zbekiston dunyoning go‘sht arzon sotiladigan davlatlari sirasiga kiradi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: o‘tgan yillarga nisbatan yurtimiz va xorijda go‘sht narxining dinamikasidagi sezilarli o‘zgarish qanday yuzaga keldi?  

Javob sohaga ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar monitoringlarida aks etadi. Ya’ni, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro oziq-ovqat jamg‘armasi (FAO) tahlillariga ko‘ra, joriy yil aprel oyida dunyo bozorida go‘sht narxi indeksining o‘rtacha qiymati 121,6 ballni tashkil etgan. Bu martdagi ko‘rsatkichdan 3,7 ball yoki 3,2 foizga yuqori. O‘tgan yilga nisbatan 5 ball yoki 4,3 foizga ko‘tarilgani ma’lum bo‘ldi.

"Qo‘yliq" dehqon bozorida o‘tkazilgan o‘rganishlarga ko‘ra, arzonlashtirilgan go‘sht rastalarining kengaytirilgani va go‘shtning arzonlashtirilgani sotuvchini go‘sht mahsulotlari tez sotilib, sifatsizlanib qolishidan saqlanayotganidan xursand qilayotgan bo‘lsa, xaridorlarni endilikda arzimagan pulga ham qiynalmasdan xonadoniga go‘sht olib kirayotgani mamnun qilmoqda.

Bundan ko‘rinib turibdiki, qilinayotgan barcha sa’y-harakatlar zamirida xalq farovonligi va inson manfaati ko‘zlangan.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/F3SKAAB_nrY" title="Rastalarda go‘shtlar arzon sotilyapti – &quot;Qo‘yliq&quot; dehqon bozoridan reportaj" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Gulnoza Boboyeva, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA