Rassomlar uchun tog‘da plener tashkil etildi
O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi tomonidan rassomlar uchun Chirchiq daryosi qirg‘oqlari, Chorvoq va Xumson tog‘larida uch kunlik plener bo‘lib o‘tdi.
Plener yurtimizning betakror tabiati, zaminimizda yetishtiriladigan tabiat ne’matlarini namoyish etish, yoshlarda Vatanga muhabbat tuyg‘usini yuksaltirish maqsadida tashkil etildi. Unda Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zolari Olimjon Fozilov, Soliy Qodirov, Robert Kim, Tursinbay Jumanov, Furqat Usmanov, Tohir Shaymurodov, Baxtiyor Alimov, Rustam Mambetov, yosh musavvirlar Umida Imamatova, Olga Xorechko hamda bir necha talaba-yoshlar qatnashib, etyud chizishdi.



Etyudda rassomlar tabiatning ko‘z ilg‘ar va ilg‘amas go‘zalliklarini, hayratlanarli xususiyatlarini jonlantirishdi. Plener davomida rassomlar ijodiy suhbatlar uyushtirib, chizilgan etyudlarni muhokama qilib borishdi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA