Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rassom - ko‘rganini emas, his qilganini chizadi (+video)
08:39 / 2026-02-03

"Rassom ustaxonasi"

2-qism

“Rassom ustaxonasi” loyihasining  qahramoni “O‘zbekiston xalq rassomi", O‘zbekiston Badiiy akademiyasining akademigi, O‘zbekiston Davlat mukofoti sovrindori, O‘zbekiston Badiiy akademiyasining “Oltin medali” sohibi, professor Akmal Ikromjonov.

Rassom 1952 yil Toshkent shahrida tavallud topgan. 1971 yil Repin nomidagi Sankt-Peterburg rangtasvir, haykaltaroshlik va me’morchilik institutida tahsil olgan. 1979 yildan esa Toshkentdagi Mannon Uyg‘ur nomidagi teatr va rassomchilik institutining rassomchilik fakultetida o‘qituvchilik qila boshlaydi. O‘sha yillarda musavvir asosan portret va natyurmort hamda manzara janrida ijod qildi. 1997 yildan 2005 yilgacha O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimda ishladi.  

2005 yildan Kamoliddin Behzod nomidagi MRDI institutda dars berib kelmoqda.  Rassomning asarlari milliy ruh, ma’naviy yoritilish bilan ajralib turadi. Akmal Ikromjonovning asarlari yurtimiz va xorijiy muzeylarda hamda xususiy to‘plamlarda saqlanadi.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/vR8r-Vxxdho" title="&quot;Rassom ustaxonasi&quot;RASSOM - KOʻRGANINI EMAS, HIS QILGANINI ChIZADI" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Akmal Ikromjonov realizm va milliy romantizm yo‘nalishda ijod qiladi. U real shakllarni saqlagan holda, obrazga falsafiy ruh qo‘shadi. Portretlarida faqat tashqi o‘xshashlik emas, balki ichki dunyo, xarakter va ma’naviyatni ochishga intiladi. Tarixiy shaxslar obrazida ulug‘vorlik va ma’naviy kuchni ko‘rsatadi. Shuning uchun uning asarlari “oddiy rasm” emas, fikrga chorlovchi badiiy asar sifatida qabul qilinadi.

Munira Ramazonova, Nishonboy Abduvoitov, O‘zA