Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rassom ijodida hayot ranglari
19:28 / 2020-11-25

Markaziy ko‘rgazmalar zalida Shuhrat Abdumalikovning “Qaylardadir mening samoim” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi.

Tomoshabinlarni rassom ijodi bilan yaqindan tanishtirish, ona Vatanga bo‘lgan muhabbat, tariximizga nisbatan chuqur hurmat tuyg‘ularini oshirish, o‘zbek tasviriy san’ati haqidagi bilimini oshirish, madaniy meroslar haqidagi tushunchalarini boyitish maqsadida tashkil etilgan ko‘rgazmaning ochilish marosida san’at ixlosmandlari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti professori Shuhrat Abdumalikov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, ssenograf. Angliya, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda 100 dan ortiq spektakllarning sahnalashtiruvchi rassomi.

Ushbu ko‘rgazma-installyatsiya Sh.Abdumalikov boshchiligidagi yosh sahna rassomlari guruhi ishining samarasidir. Shuningdek, u kinoda va dastgohli rangtasvirda ham samarali faoliyat olib bormoqda. Uning asarlari mavzusi turli xil bo‘lib, bu ko‘p asrlik tarix va dinga murojaat qilgan holda yaratilgan. “Ruxshona haqida qasida”, “12”, “Ajdod qirollar raqsi” asarlari shular jumlasidandir.

Markaziy ko‘rgazmalar zalida rassom tomonidan yaratilgan o‘ziga xos ekspozitsiyada turli spektakllar, filmlarning maketlari va eskizlari namoyish etilmoqda.

“Qaylardadir mening samoim” shaxsiy ko‘rgazmasi rassomning ijodiy izlanishlari muhitiga g‘arq bo‘lish va muallif va tomoshabin o‘rtasidagi o‘ziga xos dialogga kirishish imkonini beradi.

M. Qudratullayeva, O‘zA