O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi munosabati bilan Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, rassom Abdulla Rajabov bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug harbiy qismlaridan birida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.
Tadbirda A. Rajabov askarlarni yaqinlashib kelayotgan Vatan himoyachilari kuni bilan qutlab, tasviriy san’at kishilarda vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi xususida so‘z yuritdi. Rassom bilan kechgan samimiy suhbat askarlarda yorqin taassurotlar qoldirdi.
Ko‘rgazmalar zalida askarlar e’tiboriga rassom Abdulla Rajabov ijodiga mansub tasviriy san’at asarlari namoyish etildi.
–Men Farg‘ona shahridagi San’at kollejida tahsil olganman, - deydi muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan oddiy askar Farruh Nabiyev. – Abdulla og‘a asarlari turli janrlarda yaratilgan bo‘lishiga qaramasdan, ezgu g‘oya bilan sug‘orilgan. O‘z milliy madaniyati va urf-odatlarini matoga ko‘chirib, uni dunyoga tanitmoqlik esa vatanparvarlikdan nishonadir.
[gallery-524]
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA