Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rasmlar ko‘rgazmasi
18:58 / 2024-02-13

Samarqandda o‘tkazilayotgan BMTning Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash bo‘yicha konvensiyasi ishtirokchilari konferensiyasining 14-yig‘ilishi (CMS COP14) doirasida Samarqand shahridagi “Buyuk ipak yo‘li” san’at saroyida “Ko‘chib yuruvchi noyob hayvonot olami” nomli rasmlar ko‘rgazmasi ochildi.

Ko‘rgazmaning ochilishida O‘zbekiston ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov va xalqaro tashkilotlar rahbarlari, forum qatnashchilari ishtirok etdi. 

Tashkilotchilar mazkur ijodiy plenerdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan noyob ko‘chmanchi jonivorlarga mehr-muhabbat tuyg‘usini kuchaytirish, mamlakatimizning noyob tabiiy merosini namoyish etish, yosh avlodning ekologik madaniyati va ongini yuksaltirishga qaratilganini ta’kidladi.

Ko‘rgazmada Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Badiiy akademiya va O‘zbekiston davlat san’at muzeyi hamkorligida shu yilning yanvar oyida tashkil etilgan plener natijasida saralangan 40 nafar yosh rassomning 100 ga yaqin rasmi namoyish qilinmoqda. Ular orasidan eng yaxshi ijodiy ishlar nufuzli hakamlar hay’ati tomonidan tanlanib, mualliflar pul mukofotlari bilan taqdirlanishi belgilangan.

Ko‘rgazma bir oy davomida mahalliy aholi va mehmonlar uchun ochiq bo‘ladi.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari