Tovar moddiy boyliklarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy harakatiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli kurash olib borilmoqda.
Shunga qaramasdan, davlat byudjetiga undiriladigan bojxona to‘lovlaridan qochish maqsadida, ayrim shaxslar tomonidan belgilangan qonunchilik talablariga zid ravishda tovar moddiy boyliklarni olib o‘tishga urinish holatlari uchramoqda.
Qoraqalpog‘istonlik bojxonachilar tomonidan fosh etilgan navbatdagi holatda, qiymati 156 ming so‘mga teng bo‘lgan tibbiy buyumlarning mamlakatimiz hududiga noqonuniy tarzda olib kirilishining oldi olindi.
Joriy yil 28 iyul kuni “Dovut-ota” chegara bojxona posti orqali Qozog‘iston Respublikasidan fuqaro M.S. boshqaruvida kirib kelgan “Mersedes-Bens” rusumli avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, hujjatlarda ko‘rsatilmagan, og‘zaki so‘rovda aytilmagan 79 turdagi jami 2423 dona “Jarrohlik tibbiyot to‘plami” tovarlari borligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Dovud Abibullayev, O‘zA