Rasmiy tayinlov: harbiy sud, ayrim viloyat sudlariga raislar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan:
Sadriddin Bavabekovich Eshonqulov - sudyalik vakolati muddati davriga O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi lavozimiga;
Abduhalim Abduraimovich Ahmedov – sudyalik vakolati muddati davriga Buxoro viloyati ma’muriy sudining raisi lavozimiga;
To‘rabek Abdurovubovich Qodirqulov - sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Sirdaryo viloyati ma’muriy sudining raisi lavozimiga;
G‘olibjon Sayitjonovich Davlatov – sudyalik vakolati muddati davriga Qashqadaryo viloyati ma’muriy sudining raisi lavozimiga;
Alisher Abdurashidovich Abdurahmonov – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Farg‘ona viloyat sudi raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlandi.
O‘zA