French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rasmiy munosabat: “Sharq” nashriyot matbaa korxonasi” AJga tegishli binolar tashqi ko‘rinishining tarixiy arxitektura qiyofasi saqlab qolinadi
10:55 / 2024-01-24

Toshkent shahar, Buyuk Turon ko‘chasi, 41-uyda joylashgan bino-inshootlar bugungi kunda bo‘sh ekanligi va ta’mirtalabligi sababli xususiylashtirilishi belgilangan.

Ushbu bino Toshkent shahrining tarixiy arxitekturasini, shu jumladan, muhim “modernizm” qiyofasini aks ettirishini inobatga olib, uni saqlab qolish maqsadida savdoning quyidagi asosiy shartlari belgilangan:  

O‘zbekiston milliy axborot agentligi (O‘zA)ning ma’muriy binosi hamda Buxoro va Buyuk Turon ko‘chalari kesishmasidagi 4-qavatli ma’muriy bino (“A.Navoiy teatri” tomonidagi qismi) tashqi ko‘rinishining tarixiy arxitektura qiyofasini saqlab qolish;  

kelgusida qurilish ta’mirlash va rekonstruksiya ishlarini Madaniy meros agentligi bilan kelishilgan holda amalga oshirish.  

Bu degani xaridor, mulkiy majmuaning ushbu qismlari tashqi ko‘rinishining tarixiy arxitektura qiyofasini saqlab qolinishini ta’minlaydi, ta’mirlash ishlarini Madaniy meros agentligi bilan kelishgan holda amalga oshiradi, agarda mazkur shartlar xaridor tomonidan buzilgan taqdirda, xususiylashtirish masalasi shartnoma talablariga asosan qayta ko‘rib chiqiladi.  

Ushbudan kelib chiqib, jamoatchilikni bezovta bo‘lmasliklarini so‘raymiz va mulkiy majmuani xususiylashtirish ishlari qat’iyan yuqoridagi talablarga rioya etgan holda amalga oshirilishi va xususiylashtirish jarayonlarining har bir bosqichi to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilib borilishi ta’minlanadi.

 

O‘zA