Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rasmiy munosabat: Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi taklifini qo‘llab-quvvatlamaydi
19:41 / 2022-03-12

Ayni kunda ijtimoiy tarmoqlarda “Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaror loyihasida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali negizida Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Agroiqtisodiyot institutini tashkil etish taklifi muhokama qilinib, taklif yuzasidan vazirlik va idoralarning rasmiy munosabat bildirishlari so‘ralgan xabarlar tarqalmoqda.

Mazkur masala yuzasidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali negizida Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Agroiqtisodiyot institutini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Qo‘mita tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (project.gov.uz) orqali  kelishish maqsadida yo‘llangan qaror loyihasining mazkur bandi yuzasidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi e’tiroz bildirib, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali o‘z holida qoldirilishi taklifini  bergan. 
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali negizida Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Agroiqtisodiyot institutini tashkil etish taklifini qo‘llab-quvvatlamaydi.