Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rasmiy munosabat: Hisor davlat qo‘riqxonasida qor qoploni o‘ldirilmagan
09:44 / 2023-05-02

Ijtimoiy tarmoqlarda "Qashqadaryo viloyati, Hisor davlat qo‘riqxonasida noyob turdagi qor qoplonni otib o‘ldirilgani to‘g‘risida xabar tarqaldi.

Ushbu xabar Tabiat resurslari vazirligi mas’ullari tomonidan o‘rganildi. O‘rganish ishlari davomida ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi, Hisor davlat qo‘riqxonasida hech qanday qor qoploni ovlanmagani yoki otib o‘ldirilmagani ma’lum bo‘ldi.  

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, qor qoploni Hisor davlat qo‘riqxonasi tabiiy majmualarida kam tarqalgan tur hisoblanadi. Hozirgi kunda u Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Qizil ro‘yxati va O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga, shuningdek, “Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risida”gi Konvensiya (CITES)ning 1-ilovasiga (yo‘q bo‘lib ketish xavfi juda yuqori) kiritilgan.  

M.Toshqorayeva, O‘zA