Rasmiy bayonot: Zaharlangan bolalar salomatligi qat’iy nazoratga olindi
Namangan viloyatining Chust tumanida maktabgacha ta’lim tashkilotidagi bolalar bilan sodir bo‘lgan zaharlanish holati yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi barcha kerakli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Tuman tibbiyot birlashmasiga qabul qilingan bolalarning barchasiga belgilangan standartlar bo‘yicha davo muolajalari olib borilmoqda.
Ularga yakuniy tashxis qo‘yish maqsadida belgilangan talablar asosida namunalar olinib, ekspertizadan o‘tkazilmoqda.
Ayni paytda bolalarning holati qoniqarli, ulardan 10 nafarining ahvoli yaxshilangani sababli uyiga ruxsat berildi.
Tumanda sodir bo‘lgan ushbu holat shaxsan sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan qat’iy nazoratga olingan.
Mazkur holat sabablariga oydinlik kiritilgach, qo‘shimcha axborot beriladi, deyiladi SSV axborot xizmati bildirgan rasmiy bayonotda.
O‘zA