Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
RASMIY BAYONOT: Oʻzbekistonda koronavirus oqibatida 4 oʻlim holati kuzatildi, 46 mingdan ortiq karantin tartibi buzilgan
10:45 / 2020-04-12

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov:


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov:

– Mamlakatimizda koronavirus kasalligi bilan roʻyxatga olingan bemorlar soni 796 nafarni tashkil etdi. Virusologiya ilmiy-tekshirish institutidan olingan maʼlumotga koʻra, ushbu institut klinikasida davolanayotgan 112 bemorning 29 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilyapti, 8 nafarining ahvoli ogʻir. Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan 104 bemordan 4 nafarining ahvoli ogʻir, deb baholanmoqda.

Hurmatli yurtdoshlar!

Karantin tadbirlari davom etyapti. Dunyo hamjamiyatida, mamlakatimizda ham kasallik koʻrsatkichi ortib borayotgani, hatto 4 holatda kasallik oʻlim bilan yakun topgani haqida xabar topdingiz. Statistik maʼlumotlardan koʻrinib turibdiki, karantin tadbirlari boshlangandan shu bugungi kunga qadar 46 mingdan koʻproq holatda karantin tadbirlari buzilgan – fuqarolarimiz karantin tadbirlariga amal qilmagan va oʻzlarini xavf ostiga qoʻygan. Bu kabi harakatlar zamirida qanday mantiq borligini tushunolmayapmiz. Qayta-qayta uyda qolish, karantin tadbirlariga rioya etish haqida aytishimizga qaramasdan har kuni 3 mingdan koʻproq holatda karantin tadbirlari buzilishi qayd etilyapti. Nimaga bunday tavakkal qilyapmiz, nega oʻzimizni xavf ostiga qoʻyyapmiz?! Demak, 3 ming marotaba karantin tadbirlarini buzish degani shuncha marotaba kasallik yuqtirib olish ehtimolini yuzaga keltirdi, degani. Ehtiyot boʻlishingiz va vaziyatga qarab yoʻl tutishingiz talab etiladi.