Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
RASMIY BAYONOT: koronavirusga chalingan 28 bemorning 21 nafari aholi orasidan aniqlangan
11:46 / 2020-06-14

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov:


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov:

– Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar soni 4 ming 994 nafarga yetdi. 13-iyun kuni 116, kasallik qayd etilgandan buyon 3 ming 874 nafar, yaʼni 77 foiz bemor toʻliq sogʻaygan. Sogʻliqni saqlash vazirligi taqdim etgan maʼlumotga koʻra, shifoxonalarda 1 ming 101 bemor davolanmoqda, 12 nafarining ahvoli ogʻir, 2 nafarining ahvoli oʻta ogʻir.

Hurmatli yurtdoshlar!

Karantin tadbirlari davom etyapti. Koronavirus kasalligi boʻyicha epidemik vaziyat murakkabligicha saqlanib turibdi. Oxirgi maʼlumot taqdim etilgandan buyon yana 28 fuqaroda kasallik qayd etildi. Ularning 21 nafari aholi orasidan, jumladan, 10 nafari Toshkent viloyati, 9 nafari Surxondaryo viloyati, 2 nafari Buxoro viloyatidagi fuqarolarda aniqlangan.

Jamoat transporti —avtobuslar harakatiga ruxsat berilgan. Bu odamlarga yaratilgan yana bir qulaylikdir. Ammo avtobuslarda tirbandlik, yoʻlovchilarning bir-biriga oʻta yaqin, zich boʻlib turib olishi, niqob taqmaslik yoki undan notoʻgʻri foydalanish holatlari ham uchrab turibdi. Mana shunday holatlarda kasallik yuqishi ehtimoli yoʻq emas. Toʻgʻri, avtobuslarni tez-tez dezinfeksiya qilish, sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda yoʻlovchilarni tashish singari masʼuliyat avtokorxonalar rahbarlari zimmasiga yuklatilgan. Ammo har bir shaxs oʻz salomatligiga masʼul ekanini unutmaslik kerak.