Raqs san’atiga berilayotgan bugungi e’tibor qay darajada?
Xabaringiz bor, O‘zbekiston prezidentining “Raqs san’ati sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi qoshida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tashkil etilgan. Ushbu o‘quv muassasasining asosiy maqsad va vazifalari kadrlar tayyorlash jarayoniga sohaning yetuk mutaxassislarini jalb qilish orqali ilm-fan va ta’limning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash, raqs san’ati bo‘yicha yuqori malakali bakalavr va magistrlar, shu bilan birgalikda, mazkur sohada chuqur tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlashdan iborat.
Mazkur akademiya qurib bitkazilgach, uni ko‘rgani O‘zbekiston prezidenti shaxsan tashrif buyurib, kelajakda bu binoda sohaning yetuk mutaxassislari yetishib chiqishiga katta ishonch bildirgan edi. Xo‘sh, shu borada akademiyada qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
O‘zA muxbiri O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori Shuhrat To‘xtasimov bilan suhbatda bo‘ldi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/e8vbZagL-Sw" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>M. Eshmirzayeva, D. Yakubov