Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tanlov e’lon qildi
15:49 / 2024-02-09

"15 mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni” munosabati bilan “Iste’molchilar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha eng yaxshi korxona”ni aniqlash uchun tanlov o‘tkaziladi.

Tanlovda g‘olib bo‘lgan korxonalar Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “Iste’molchi ishonchi” sifat belgisi bilan taqdirlanadi. 

Tanlov “Umumiy ovqatlanish”, “Chakana savdo”, “Onlayn savdo”, “Ishlab chiqarish”, “Moliyaviy xizmatlar” va “Telekommunikatsiya xizmatlari” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi. 

Tanlov to‘rt bosqichda bo‘lib o‘tadi: 

Birinchi bosqich – tanlov ishtirokchilaridan arizalarni qabul qilish (30 yanvardan 15 fevralgacha); 

Ikkinchi bosqich – tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar ro‘yxatini shakllantirish (16 fevral); 

Uchinchi bosqich – quyidagi baholash jarayonlarini o‘tkazish (16 fevraldan 10 martgacha): 

– iste’molchilarning ovoz berish jarayonlari; 

– tanlov ishtirokchilariga tegishli rasmiy veb-saytlardagi axborotlarni, iste’molchilar muammolari bilan ishlash holatini o‘rganish; 

– “Sirli mijoz” sifatida ularning mahsuloti/xizmatiga baho berish; 

– tanlov ishtirokchilari faoliyatiga doir Qo‘mitaga kelib tushgan murojaatlar va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan axborotlar (jamoatchilik fikri) hamda nazorat xaridi natijalarini tahlil qilish; 

To‘rtinchi bosqich – ishtirokchilar faoliyatiga oid tahlillar, ovoz berish va o‘rganish natijalari asosida har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblarni aniqlash (10 martdan 15 martgacha); 

Beshinchi bosqich – "15 mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni” arafasida tanlov g‘oliblarini e’lon qilish va tantanali tarzda mukofotlash marosimini tashkil etish. 

Tanlovda ishtirok etish uchun www.raqobat.gov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tiladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun (71) 207-47-00 (321, 266) telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin. 

O‘zA