Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Raqobat qo‘mitasi “YandexGo UB” MCHJni ogohlantirdi
10:47 / 2024-12-13

Raqobat qo‘mitasi tomonidan “YandexGo UB” MCHJ ustun mavqega ega raqamli platforma operator sifatida e’tirof etilgan. Hozirda “YandexGo” platformasida taksida yo‘lovchi tashish xizmatlari narxlari oshishi kuzatilmoqda va ushbu holat yuzasidan iste’molchilardan Qo‘mitaga murojaatlar kelib tushmoqda. Ushbu holatlar yuzasidan platformaning dekabr oyidagi dastlabki 10 kunlik xizmat narxlari monitoring qilinganda narxlar dinamikasida keskin o‘zgarish kuzatilgani aniqlandi.

“Raqobat to‘g‘risida”gi qonunga asosan, ustun mavqega ega deb e’tirof etilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ustun mavqeini suiiste’mol qilish, xususan monopol yuqori narx belgilash taqiqlanadi.  

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Raqobat qo‘mitasi “YandexGo UB” MCHJni taksida yo‘lovchi tashish xizmatlari narxlarini pasaytirish bo‘yicha chora ko‘rish hamda platforma narx algoritmini qayta ko‘rib chiqishi bo‘yicha ogohlantirdi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA