French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Raqobat qo‘mitasi Umra reklamasidagi qonunbuzilishlarga nisbatan chora ko‘rdi
12:55 / 2025-10-15

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida joylashtirilgan materiallarning “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablariga mosligi bo‘yicha o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Tahlillar davomida ayrim turoperatorlar tomonidan “Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha berilgan reklamalarda qonun talablari buzilgani aniqlandi.

Xususan, Navoiy viloyati hamda Toshkent shahar hududiy boshqarmalari tomonidan “MUS ALI TOUR”, “Amirxan Travel” va “TRAVEL ATA” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari litsenziya hujjatlarisiz reklama tarqatgani uchun belgilangan tartibda маъмурий ish qo‘zg‘atildi va ularga nisbatan moliyaviy jarimalar qo‘llanildi.

Shuningdek, Farg‘ona, Namangan va Toshkent viloyatlari hududiy boshqarmalari tomonidan 9 ta telegram va Instagram kanallari hamda “Mustafa Travel” MCHJ faoliyatida ham shunday qonun buzilish holatlari aniqlandi.

Natijada, mazkur kanallar ma’murlari va korxona mas’ul shaxslariga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari ko‘rildi. Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, mazkur holatlar bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.

O‘zbekistonda “Reklama to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, faqat litsenziyaga ega bo‘lgan turoperatorlargina Umra va Haj tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha xizmatlar reklamasini tarqatish huquqiga ega.

Xorijiy amaliyotda ham bu yo‘nalish qattiq nazorat qilinadi. Masalan, Saudiya Arabistonida Umra va Haj xizmatlarini reklama qilish uchun maxsus ruxsatnoma talab etiladi. Misr va Turkiyada esa litsenziyasiz diniy turizm reklama qilgan shaxslarga nisbatan katta miqdorda jarima belgilangan.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, bu choralar fuqarolarning huquqlarini himoya qilish, litsenziyasiz firmalar orqali diniy sayohatlardagi turli huquqbuzarliklarning oldini olish hamda qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan.

N.Rahmonova, O‘zA