Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Raqobat qo‘mitasi noqonuniy holatlarni fosh etdi
17:57 / 2025-09-12

So‘nggi yillarda davlat xaridlari jarayonida ochiqlik va raqobatni ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli nazorat ishlari olib borilmoqda. Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida umumiy qiymati 8,1 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘lar bilan bog‘liq qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Tekshiruvlar chog‘ida ayrim tender va tanlov savdolarida affillangan shaxslar ishtirok etgani, baholash mezonlariga to‘liq rioya etilmagani va raqobatni cheklovchi holatlar kuzatilgani qayd etildi. Qonunbuzarliklar bo‘yicha tegishli ishlar qo‘zg‘atilib, mas’ul shaxslarga ma’muriy choralar ko‘rildi.

Jumladan, Andijon viloyatida Qo‘mitaning topshiriq xatiga asosan Paxtaobod tumani 25-bolalar musiqa va san’at maktabi tomonidan o‘tkazilgan boshlang‘ich narxi 30 mln. so‘mdan ortiq “Quyosh paneli o‘rnatish ishlari” bo‘yicha tanlov savdosi o‘rganildi. O‘rganish natijasida “Davlat xaridlari” va “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunlar talablari buzilgani, xususan, savdolarda manfaatdor yoki affillangan shaxslarning ishtiroki aniqlanib, belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atildi hamda moliyaviy va ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.

Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Romitan tuman tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligida o‘tkazilgan tender savdosi “Raqobat to‘g‘risida” va “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunlar talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish davomida 4,6 mlrd. so‘mlik 20 ta lot bo‘yicha baholash mezonlariga muvofiq bo‘lmagan holda qaror qabul qilingani, ishtirokchilarga nomuvofiq baho berilgani aniqlandi. Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qaroriga muvofiq Romitan tuman tibbiyot birlashmasiga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, tegishli ko‘rsatma berildi.

Shuningdek, Jizzax, Namangan, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida uchragan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha ish qo‘zg‘atilib, mas’ul shaxslarga ma’muriy jazo qo‘llanildi.

Qonun ustuvorligi va ochiq raqobat muhitini ta’minlash maqsadida davlat xaridlari sohasidagi bu kabi holatlar ustidan tizimli monitoring ishlari davom ettiriladi.

Nigora Rahmonova, O‘zA