Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Raqobat qo‘mitasi «MAXAM-CHIRCHIQ» AJga nisbatan ish qo‘zg‘atdi
12:03 / 2024-07-08

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan «MAXAM-CHIRCHIQ» AJda ishlab chiqarilgan mineral o‘g‘it mahsulot narxlarini shakllantirishda amaldagi normativ hujjatlarga rioya etilmaganligi natijasida mahsulot narxlarini asossiz oshishiga olib kelgan harakatlarining alomatlari aniqlangan.

Natijada, mineral o‘g‘it mahsulotlari narxlari o‘rtacha 10 foizdan 15 foizgacha oshishiga sabab bo‘lgan.  

Yuqoridagilarga ko‘ra, Raqobat qo‘mitasi tomonidan «MAXAM-CHIRCHIQ» AJga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni talablari buzilishi alomatlari bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan.

"Ushbu omil qishloq xo‘jaligi korxonalari (klaster, fermer, dehqon va boshqalar)ga  bevosita ta’sir qilib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlari oshishiga olib kelishi mumkin", — deyiladi xabarda.

Qo‘zg‘atilgan ish o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilingandan so‘ng qo‘shimcha axborot beriladi.

O‘zA