Raqamli xizmatlardan foydalanishda qulayliklar yaratiladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga raqamli xizmatlardan foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test sinovlarida ishtirok etish bo‘yicha murojaatlarni O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda qabul qilish tartibi joriy etiladi.
Talabgordan davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasini talab qilish bekor qilinadi.
Umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat QR-kod qo‘yilgan holda, YAIDXP orqali test sinovi natijalari e’lon qilingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida talabgorga yuborish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
O‘zA