Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Raqamli transformatsiya tizimida yangi qadam
15:42 / 2024-09-20

Raqamli texnologiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov Qozog‘iston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari Kanish Tuleushin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash borasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, sohada o‘zaro hamkorlikning muhimligi e’tirof etilib, davlat sektorida axborot texnologiyalarini joriy etish, raqamli transformatsiya bilan bog‘liq davlat boshqaruviga yondashuvdagi o‘zgarishlar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida yuqorida muhokama etilgan masalalarni hisobga olgan holda raqamli transformatsiya sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.

N.Rahmonova, O‘zA