Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Raqamli transformatsiya reytingida Bojxona qo‘mitasi birinchi o‘rinni egalladi
14:27 / 2025-08-22

Tashkilotlarda raqamli transformatsiya holatini reyting baholash natijalariga ko‘ra, Bojxona qo‘mitasi 97,05 foiz natijani qayd etib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Keyingi o‘rinlarni mos ravishda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi egalladi.

Mazkur reytingda respublikaning umumiy hisobda 91 ta ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishtirok etdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, reyting O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatning rivojlanish holatini reyting baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarori bilan amalga oshirib kelinmoqda.

Tashkilotlarda raqamli transformatsiya holatini reyting baholash ochiqlik va elektron ishtirok, elektron xizmatlar, axborot xavfsizligi hamda faoliyatning raqamlashgani indekslari asosida amalga oshiriladi.

Sh.Mamaturopova,

O‘zA