Yangi farmon
Yurtimizda dasturiy mahsulotlar va IT xizmatlar eksportini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda. Bu borada xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, investorlar huquqini himoya qilishning xalqaro tan olingan ilg‘or amaliyotlari joriy etilmoqda.

Joriy yil 26 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmon imzolandi.
Hujjatda raqamli texnologiyalar xalqaro markazi faoliyatini tashkil etish va uni boshqarish borasida muhim vazifalar belgilandi.
– Mazkur farmonning mohiyati nimalardan iborat?
– Raqamli texnologiyalar xalqaro markazining maqsad va vazifalari qanday?
Shu kabi masalalar xususida IT Park bosh direktori o‘rinbosari Elyor Maqsudov bilan suhbatlashdik...
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/OrVUkkjsqYg?si=nR_loopMGneIsyF-" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Abdulaziz RUSTAMOV,
O‘zA