Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi xalqaro sammitda qatnashmoqda
Joriy yilning 14-17 mart kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Xalqaro elektr aloqasi ittifoqi tomonidan sammit o‘tkazilmoqda.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi hamda "Elektron hukumat" loyihalarini boshqarish markazi xodimlari ham ishtirok etmoqda.

Sammit doirasida inklyuziv rivojlanishda raqamli hamkorlik va sherikchilik, raqamli tafovutni qisqartirish yuzasidan fikr almashilmoqda.
Shuningdek, 16 mart kuni vazirlik delegatsiyasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha departamenti vakillari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va kelgusidagi rejalar yuzasidan uchrashuv rejalashtirilgan.

O‘zA