French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Raqamli texnologiyalar vazirligi 4 ta yo‘nalishda mukofotlandi
11:10 / 2023-11-23

O‘zbekiston Respublikasida ilk marotaba Birlashgan Arab Amirliklari hukumati bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “O‘zbekiston davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash” dasturi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Prezident huzuridagi Strategik islohotlar, Davlat xizmatini rivojlantirish agentliklari, Davlat boshqaruvi akademiyasi Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri ofisi bilan hamkorlikda “Government Quality Award” – O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari samaradorligi mukofoti” dasturi amalga oshirildi.  

Ushbu dastur doirasida eng yaxshi ko‘rsatkichlarni qayd qilgan davlat tashkilotlari va davlat xizmatchilari bir necha nominatsiya bo‘yicha mukofotlandi.  

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Birlashgan Arab Amirliklari Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy ishtirok etdi.  

Unda Raqamli texnologiyalar vazirligi ham bir nechta nominatsiyalarda sovrindorlar qatoridan joy olib, quyidagi yuqori o‘rinlarni qayd etdi:  

– “Eng yaxshi tashabbus” nominatsiyasida IT Park 1-o‘rin;  

– “Strategik maqsadlarni amalga oshirish” nominatsiyasida 2-o‘rin;  

– “Namunali vazirlik” nominatsiyasida 3-o‘rin;  

– “Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihasi “Eng yaxshi loyiha” nominatsiyasida 3-o‘rinni egalladi.  

Ma’lumot uchun: BAA hukumati tomonidan milliy rivojlanish dasturi, sohaviy strategiyalarning ijrosini ta’minlashda yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan davlat organlari va davlat xizmatchilarini munosib taqdirlash maqsadida 2009-yildan buyon “Davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash” dasturi har ikki yilda bir marta amalga oshirib kelinmoqda. Dastur mamlakatda davlat boshqaruvi va davlat xizmati samaradorligini baholashga yo‘naltirilgan loyiha hisoblanadi.  

 

N. Rahmonova, O‘zA