Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Raqamli texnologiyalar suv tizimida shaffoflikni ta’minlamoqda
13:46 / 2025-10-08

Suv xo‘jaligini samarali va ochiq boshqarish yo‘lida raqamli yechimlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu boradagi ishlar korrupsiya xavfini kamaytirish va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi a’zolari Suv xo‘jaligi vazirligida bo‘lib, sohadagi avtomatlashtirish va raqamlashtirish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Muloqot davomida Prezidentimizning 2025 yil 21 apreldagi PF-71-sonli farmoni asosida islohotlar strategiyasi muhokama qilindi.

Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari O‘.Sheraliyevning ma’lum qilishicha, zamonaviy texnologiyalar asosida ishga tushirilgan “Vaziyatlar markazi” va barcha axborot tizimlarini birlashtiruvchi “Raqamli suv xo‘jaligi” platformasi sohada ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va umumlashtirish imkonini beradi. Joriy yil boshidan beri 9 ta yirik ob’ekt avtomatlashtirilgan rejimda faoliyat ko‘rsatmoqda.

Qo‘mita a’zolari suv ta’minoti jarayonida ochiqlikni ta’minlash, byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish va korrupsiya holatlarining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qildi va sohada qo‘shimcha takliflar ishlab chiqishga kelishib oldi.

N.Ziyodullayeva, O‘zA